суббота, 1 марта 2014 г.

Meni internetga kirib kelishim.

Assalomu aleykum hurmatli bu yozganlarimni o'qiyotgan mexmonlar.
Mana men bugun anchadan beri qilaman deb yurgan ishimni bugun qilishga qaror qildim va blog ochdim.
Men internetga muntazam ravishda kirib yurganimga 4 yil bo'libdi. Shu 4 yil ichida juda ko'p saytlarga kirdim va bu o'rgamchak to'rini juda ko'p aylandim. Aylanishlarim natijasida shu fikrga keldimki men kabi oddiy qiziquvchan yigit uchun Twitter eng yaxshi bloggerlikni boshlash uchun ustoz sayt ekan!

Men xozir 4 yil ichida Internet tarmog'ida nimalar qilganimni yozmoqchiman.

Men birinchi martda  Internetga maktabni bitirayotgan yillarim kirgan edim. Rosti o'sha paytlar ummuman xech narsaga tushunmaganman va juda ko'p pulni ko'kga sovurganman :))
Internetga muntazam kirishim esa kollej paytlari boshlangan va sekin sekin internetni mukammal o'rgana boshlaganman.
Ijtimoiy tarmoqlarga esa 2011-yilni o'rtalaridan boshlab kira boshlaganman ungacha. Barcha kabi yoshlar o'rtasidagi eng ommabob o'zbeklarni Oqayiq.uz saytiga kira boshlaganman, Oqayiq forumida juda faol edim 2 oyni ichida 3 mingdan ortiq post qoldirganman. Admini bilan oramizdan gap o'tgandi va hafsalam pir bo'lgandi, bir kuni shaxsiy xabar orqali meni bir internetdagi do'stim yangi forumga taklif qilgan. Men u do'stimni ko'ngli uchun u saytda aktiv bo'lganman va 2 kun ichida moderatorlik unvonini olganman xa aytgancha 2 kunda 300dan oshiq post qoldirgn edim va top reytingda birinchi o'ringa ko'tarilib olgandim. U saytni endi rivojlantira boshlaganimizda sayt admini adashib boshqa script o'rnatish jarayonida saytdagi barcha ma'lumotlarni o'chirib yuborgan. Usha voqeadan so'ng moderator dostlarimiz bilan birgalikda yangi forum ochishga qaror qildik va ochdik. Uzmaster.ru  bu meni ilk admin bo'lgan saytim edi. U saytni juda tez rivojlantirik, 4 oyda 50 000 dan ortiq post yozdik. Yana ko'rolmaslar oqibatida saytimizga xujum uyishtirildi va 30 000 post o'chrib yuborildi, ham deganda meni akauntim hakkerlar tomonidan o'chirib yuborildi. Buning oqibatida forumga bo'lgan qizziqishim butunlay so'ndi, so'ng men ham Odnaklassniki.ru ga a'zo bo'ldim boshida juda qiziq edi; statusda xam shaxarlarim bilan statusda zakovat o'yinini o'ynardik. U saytdan xam 1 yildan so'ng zerikdim. Kunlarning birida Sherzodakani odnaoklassniki statuslarida Twitter.com/SherzodABC degan link ko'rdim va kirib ko'rdim. So'ng twitterga a'zo bo'ldim boshida twitlarni muntazam kuzatib borar edim. Retwit, Favorit larga tushunmasdim :) Twit ham juda kam yozar edim followerlarim ham bor yo'g'i 3 yo 4 dona edi(ularni ham tanimas edim))) 2012-yil sentyabrda Toshkentga Notebook olgani bordim. Sherzodaka notebook olib berdilar, keyin suhbatlashib turganimizda Twitterdan gap chiqdi. Men ulardan tushunmagan narsalarimni so'radim, oqibatda twitterga yanada qiziqa boshladim. Twitterda aktiv bo'la boshladim. U yerda katta katta bloggerlarni twitlarini o'qirdim. Yozgan blogglarini o'qir edim, havasim kelardi :) Men ham blog ochaman der edim va bu niyatim bugun amalga oshdi :) Endi men ham kichik havaskor bloggerman :-p

Bu yozganlarim ma'nosiz tuyilar ammo, Blog - bu oddiy bir qiziquvchan yigit uchun juda qiyin ish ekan!!!

Bu blogga o'zimda boshqa hech kim kirmasa ham, hech kim o'qimasa ham meni bir kichik orzuyim amalga oshdi. Endi meni xam shaxsiy blogim bor!

Boshingizni og'ritib yuborgan bo'lsam uzr :)

Комментариев нет:

Отправить комментарий